Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2021-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5261-sonli qarorning 9.4-bandi asosida tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2012-yil 10-dekabrdagi 498-sonli buyrugʻi asosida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi. Ustav 2022-yil 18-yanvar kuni oʻrnatilgan tartibda Davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, oʻz faoliyatini boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-381 sonli qaroriga asosan kutubxonalar Аxborot resurs markazlari (АRM)ga aylantirildi. АRMning asosiy maqsadi professor-oʻqituvchilar tarkibiga talaba-yoshlar uchun ta’lim berishda oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʻminlash, mavjud musiqiy, ilmiy-oʻquv, oʻquv-uslubiy, badiiy va yordamchi adabiyotlarni tizimlashtirishga yordam berishdan iborat boʻladi.
АRMda musiqiy yoʻnalishdagi akademik xonanda, estrada va ijrochilik mahorati, sanʼatshunoslik va badiiy adabiyotlar mavjud.
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida Estrada va ijrochilik mahorati, Estrada ijrochiligi pedagoglarni tayyorlash, Umumiy fortepiano, Texnogen sanʼati, Kompozitorlik va Aranjirovka, Musiqashunoslik, Estrada orkestri dirijyorligi, Ovoz rejesyorligi, Oʻzbek tili va ijtimoiy fanlar, Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar kafedralari mavjud.
Аxborot resurs markazining umumiy maydoni 175kv.m, 4-ta xona va 40-oʻrindiqlardan iborat.
Аxborot resurs markazining umumiy fondi 4306 dan ortdi. Foydalanuvchilarga tezkor vasifatli axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishda Telegramm ijtimoiy tarmogʼida https://t.me/MESI_kutubxona sayti faoliyat olib boradi. Elektron darslik va oʻquv qoʼllanmalar 2204 tadan ortdi. Professor-oʼqituvchilar va talabalar ushbu saytdan foydalanishadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yaratilgan https://unilibary.uz elektron kutubxona platformasiga kitoblar elektron variantlari yuklab borilmoqda, ularning soni hozirda 37404 dan ortdi.
Аxborot resurs markaziga professor-oʻqituvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, monagrafiyalar taqdim qilinadi va oʻquvchilar tomonidan unumli foydalaniladi. Kafedralar tomonidan fan dasturida koʻrsatilgan adabiyotlar hamda yangi nashr etilgan qoʻshimcha adabiyotlar elektron nusxalari Аxborot resurs markaziga topshiriladi.
Аxborot resurs markazi oʻquv-zallari yangi stol-stul, javonlar, sovutish vositalari kompyuter, skaner hamda boshqa qurilmalar bilan jihozlangan unda talaba-oʻquvchilar (kitobxonlar) uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, ularga keng qamrovli va sifatli xizmatlar koʻrsatiladi.