Kafedra haqida ma’lumot
1996 – yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Estrada ijrochiligi” fakulteti tashkil etilgan bo‘lsa, Dirijyorlik (estrada orkestri dirijyorligi) yo‘nalishi “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi tarkibida bo‘lgan. 2020 yilga qadar ikkinchi mutaxassis (estrada orkestri dirijyori) sifatida 40 nafardan oshiq talabalar bitirgan.
B.Zokirov nomidagi MESIda 2023-2024 o‘quv yilidan “Estrada orkestri dirijyorligi” kafedrasi tashkil etildi va bugungi kunda ushbu mutuxassislikda 6 nafar talaba ta’lim olmoqda. 2024 yilda 3-kurs talabasi Jo‘raeva Malika Rossida o‘tkazilgan Xalqaro yosh dirijyorlar tanlovida ishtirok etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Dirijyor talabalar klassik, romantizm yo‘nalishlaridagi asarlarga dirijyorlik qilishlari bilan birga, jaz ijrochiligining turli uslublariga mansub asarlarning dirijyorlik sirlari bilan tanishmoqdalar va dirijyorlik harakatlarini o‘zlashtirmoqdalar. Ular orkestrga dirijyorlik qilib, turli konsertlarda dirijyor sifatida ishtirok kelmoqdalar. Talabalar nafaqat dirijyorlik mahorati, balki, dirijyorlar uchun muhim bo‘lgan boshqa fanlar bilan ham chuqur saboq olmoqdalar.
Shunigdek kafedrada “Cholg‘u ijrochiligi” va “Bastakorlik” yo‘nalishidagi talabalar uchun “Dirijyorlik” fani ham o‘tiladi va ushbu talabalarga dirijyorlik asoslaridan ba’zaviy harakatlar o‘rgatiladi.
Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar professor-o‘qituvchi ishlab kelmoqda.
“Orkestr dirijyorligi kafedrasi” kafedrasi xodimlari
Umarov Sherzod Akbarovich – kafedra mudiri, dotsent. “Dirijyorlik san’ati”, “Dirijyorlik”, “Orkestr bilan ishlash uslubiyoti”, “Orkestr bilan ishlash. Musiqiy sahna asarlari ustida ishlash”, “Orkestr repertuari”, “Orkestr cholg‘ularini o‘rganish” kabi fanlardan saboq berib kelmoqda. Sh.Umarov shu kunga qadar dirijyorlik mutaxassisligiga oid 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va BMSM uchun 1 ta “Orkestr sinfi” elektron o‘quv qo‘llanmasi, shuningdek Xalqaro va respublika ilmiy nashrlarida 20 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr etgan.
Medyulyanov Viktor Leonidovich – dotsent. “Dirijyorlik” fanidan talabalarga saboq berib kelmoqda. V.L.Medyulyanov shu kunga qadar dirijyorlik mutaxassisligiga oid 1 ta o‘quv qo‘llanma, Xalqaro va respublika ilmiy nashrlarida 10 yaqin ilmiy-uslubiy maqolalari nashr etgan.
Budyukov Igor Olegovich – o‘qituvchi. Hozirgi kunda “Orkestr sinfi”, “Estrada orkestri dirijyorligi san’ati”, “Dirijyorlik san’ati”, “Dirijyorlik”, “Amaliyot”, “Ansambl sinfi” kabi fanlardan dars berib kelmoqda. Bugungi kunda uning dirijyorlikga oid ikkita maqolasi Xalqaro jurnallarda nashr etilgan.
Abduraxmanova Farangiz Naimjon qizi – o‘qituvchi. Hozirgi kunda “Dirijyorlik”, “Amaliyot”, “Ansambl sinfi” kabi fnlardan dars berib kelmoqda.
Olimov Mo‘minjon Ne’matjon o‘g‘li – o‘qituvchi. Hozirgi kunda “Orkestr sinfi”, “Amaliyot”, “Ansambl sinfi” kabi fanlardan dars berib kelmoqda.