MESI

OʻzDK huzuridagi MESI kengashi

OʻzDK huzuridagi MESI kengashi institutning oliy kollegial organ bo‘lib, barcha yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Dolzarb vazifalarni tezkor va sifatli hal qilish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Institut rektori Kengash raisi sanaladi. Kengash tarkibida prorektorlar, dekanlar, universitetning yetuk professor-o‘qituvchilari, jamoat tashklotlari yetakchilari faoliyat ko‘rsatadi.

Institut Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 9-dekabrdagi 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining kengashi to‘g‘risida”gi 2011-yil 3-dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan nizom asosida shakllantirilib, Milliy Estrada san’ati institutining 2022-yil 31-avgustdagi 1-sonli Kengashi yig‘ilishi qarori asosida ma’qullangan.

Institut jamoasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarini keng joriy qilish asosida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z Vatani bilan faxrlanish kabi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy fazilatlarni shakllantirish kabi vazifalarni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish institut Kengashining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Institut Kengashi nafaqat institut hayoti, balki respublikamiz pedagogika fani, ta’lim va tarbiya tizimining rivoji bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilib, muammolar yechimiga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi. Institut rektori va ayni paytda Kengash raisi sifatida 2022-yildan professor, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, kompozitor A.M.Mansurov faoliyat yuritib kelmoqda.

Kengashi kotibi sifatida D.L.Umarova faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda Kengash tarkibi 21 kishidan iborat bo‘lib, unda 1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar professor, 6 nafar dotsent va 8 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Institut jamoasiga rahbarlik nuqtai nazaridan Kengash tarkibi quyidagicha: rektor, prorektorlar, dekanlar, institut professor-o‘qituvchilar kasaba uyushmasi raisi, kafedra mudirlari, boshqa xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kengash ish rejasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlarining institutdagi ijrosi, o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ularni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat bo‘lgan dolzarb masalalar kiritiladi. Kengash yig‘ilishi har oyda bir marta o‘tkaziladi.

Bugungi kunda Kengash kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’ati qarorlari, institut Kengashi qarorlarini ijro etish sifati va samaradorligini yaxshilash, institutda chop etilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni sifatli taqrizlash va ekspertizadan o‘tkazish, Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama puxta o‘rganilishiga erishish maqsadida turli tashkiliy choralarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilmoqda.