MESI

Estrada xonandaligi fakulteti

Boybabayev Dilmurod Mamirjonovich
“Estrada xonandaligi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari, «Estrada xonandaligi» kafedrasi katta о‘qituvchisi

Karimov Asiljon Olimovich
“Estrada xonandaligi” fakultetining О‘quv ishlari bо‘yicha dekan о‘rinbosari

Fakultet haqida ma’lumot
1996-yili Estrada fakulteti bazasida Estrada san’ati fakulteti tashkil etildi. Zamonamizning ma’naviy-estetik talab ehtiyojlariga javob beradigan ushbu fakultetning ochilishi yoshlarning musiqa ijodiga bo‘lgan katta qiziqishi bilan izohlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021 yildagi 5261-son qaroriga asosan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

Institutda ikkita fakultet faoliyat olib bormoqda: “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakultetlari.

“Estrada xonandaligi” fakulteti quyidagi kafedralarni oʻz ichiga oladi:

  • “Estrada xonandaligi” kafedrasi;
  • “Musiqiy ovoz rejissorligi” kafedrasi;
  • “Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi;
  • “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi.

Fakultetda 215 nafar, shundan, bakalavriat kunduzgi 189 nafar, sirtqi 10 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 16 nafar talaba tahsil oladi. Shu bilan birga fakultetda 3 nafar xorijiy talaba ham o‘qiydi.