Kafedra haqida ma’lumot
Kafedraning asosiy maqsad va vazifalaridan biri – musiqiy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganish va metodologik masalalarni tadqiq etish bo‘lib, bu Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti musiqa pedagogikasi sohadagi fundamental bazasining asosini tashkil etadi.
Kafedra faoliyatining va asosiy unsurlaridan biri – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularda pedagogik bilim va ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iborat.
Bu yo‘nalishning asosiy maqsadi – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti maxsus musiqa bazasida pedagogika va bolalar musiqa ta’limi hamda tarbiyasining yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Kafedra pedagoglarining sa’y-harakati bilan Davlat ta’limi standartining yangi talabi asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, fanlar bo‘yicha darsliklar chop etildi. Jumladan, S.Abdusattorova, M.Dilmurotov, N.Fazel, J.Ishaliyev, B.Ibragimovlar tomonidan pedagogik fanlar bo‘yicha yangi o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ishlar chop ettirildi.
Mazkur yildan kafedrada 2 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar o‘qituvchi va 3 nafar joʻrnavoz va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. «Estrada ijrochiligi pedagoglari tayorlash» kafedrasi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Musiqiy pedagogika va psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Yosh davrlar psixologiyasi” kabi fanlarni o‘qitish bo‘yicha tayanch kafedra hisoblanadi.
Vokal san’ati (estrada xonandaligi) va cholg‘u ijrochiligi (estrda cholgʻulari) ta’lim yo‘nalishlarida amaliy va yakka fanlardan “Vokal ijrochiligi (estrada xonandaligi)”, “Vokal ansambli”, “Maktab repertuarini o‘rganish”, “Xonandalikdan dars berish uslubiyoti”, “Jamoa ijrochiligi uslubiyoti”, “Maktab repertuarini innovatsion tizimlash”, “Cholg‘u ijrochiligi (estrda cholgʻulari)”, “Ansambl” va “Oiladosh cholg‘ularni o‘rganish” kabi fanlar o‘qiladi.
«Estrada ijrochiligi pedagoglari tayorlash» kafedrasi “Professional ta’lim (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida fanlar (ansambl sinfi) guruhli (kichik guruhli), mutaxassislik fanlari esa asosan yakka mashg‘ulot turi sifatida olib boriladi. Dars mashg‘ulotlarida axborot-kommunikatsiya, innovatsion hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda.
Mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun xonalarda barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
Kafedra yosh tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashda faol ish olib bormoqda. Doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi uchun doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, B.Ibragimov “Kompyuter dasturlari vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini takomillashtirish metodikasi” mavzusida, G.Xidoyatullayeva “Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilarining fortepiano cholgʻusida ijrochilik malakalarini takomillashtirish metodikasi” mavzusida PhD dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta oʻquv qoʻllanmalar yaratildi:
B.Ibragimov “Notalashtirish” (2023)
M.Dilmurotov “Maktab repertuarini innovatsion tizimlash” (2023)
J.Ishaliyev “Estrada cholgʻu ijrochiligi” (2024)
S.Abdusattorova “Jamoa ijrochiligi oʻqitish uslubiyoti” (2024).
N.Fazel “Вoкaлнoе испoлнителствo” (2024)
Kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishi:
2023 yilda 3 nafar: S.Abdusattorova, N.Fazel, J.Abduxalilov “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti”da o‘z malakasini oshirib kelgan.
2024 yilda 3 nafar: J.Ishaliyev, G.Xidoyatullayeva, I.Dashkinova “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti”da o‘z malakasini oshirib kelgan.
Metodik ishlar:
Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi metodik seminarlarida ishtirok etish, pedagoglarining bitiruv malaka ishlarini boshqarish va taqriz yozish, davlat imtihon komissiyasi faoliyatida ishtirok etish.
«Estrada ijrochiligi pedagoglari tayorlash» kafedrasi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Cholgʻu ijrochiligi” fakulteti tarkibiga kiradi.
.
“Estrada ijrochiligi pedagoglari tayorlash” kafedrasi xodimlari
Abdusattorova Sayyora Akmalovna – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi mudiri, katta oʻqituvchi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Cholgʻu ijochiligi”, “Jamoa ijrochiligi oʻqitish uslubiyoti”, “Cholgʻu ijochiligi oʻqitish uslubiyoti” fanlarini olib boradi.
Kayumov Kazim Abidovich – О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artisti faxriy unvoni (1995), “Dо‘stlik” Ordeni (2020). “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi dotsenti. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ijrochiligi”, “Xonandalikdan dars berish uslubiyoti” fanlarini olib boradi.
Dilmurotov Mirzobek Oʻtkirovich – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi dotsenti. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Maktab repertuarini innovatsion tizimlash” fanini olib boradi.
Fazel Noxida Xisrov qizi – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi dotsenti. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ijrochiligi” fanini olib boradi.
Abduhalilov Jamshid Xurramovich – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi katta oʻqituvchisi. Bakalavriatta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ijrochiligi” fanini olib boradi.
Ishaliyev Javohir Erkin oʻgʻli – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi katta oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Cholgʻu ijochiligi”, “Ansambl” fanlarini olib boradi.
Dashkinova Iroda Muradjon qizi – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ijrochiligi” fanlarini olib boradi.
Samatov Timur Alisher oʻgʻli – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Cholgʻu ijochiligi”, “Oiladosh cholgʻularni oʻrganish” fanlarini olib boradi.
Pak Anatoliy Vadimovich – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Cholgʻu ijochiligi”, “Oiladosh cholgʻularni oʻrganish” , “Ansambl” fanlarini olib boradi.
Jalilova Kamola Shuxratjon qizi – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ansambli” fanini olib boradi.
Roʻzmetova Sevinchoy Baxtiyarovna – “Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi oʻqituvchisi. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida “Vokal ijrochiligi” fanini olib boradi.