MESI

Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi kafedrasi

Kafedra haqida ma’lumot

Milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada san’atini jadal rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

Institutda “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakultetlari o‘z faoliyatini boshladi. “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti tarkibida “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi ham tashkil etilib, unda talabalar mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda muhim bo‘lgan fortepiano sozini chalishni o‘rganadilar.

Kafedra mudiri, dotsent Sadikova Z.S. o‘zining estrada ijrochiligi yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan “Ansambl sinfi (estrada ijrochiligi)” o‘quv qo‘llanmasi hamda ko‘plab maqolalari bilan, kafedra professor-o‘qituvchilari esa musiqa san’ati va ijrochilik masalalariga oid dolzarb muammolarni qamrab olgan bir qator respublika va xorijiy jurnallarda, konferensiyalarda nashr etilgan maqolalari bilan institut ilmiy salohiyati o‘sishida hissa qo‘shib kelmoqdalar. Shuningdek, o‘qituvchi Abdurazzoqova Zilola Abdufattoh qizining “Fortepiano” o‘quv qo‘llanmasi nashrga tayyorlanmoqda.

Kafedra a’zolari Respublika miqyosida ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va bolalar musiqa va san’at maktablariga mahorat darslari va konsert dasturlari bilan tashrif buyurib estrada va jaz musiqasi targ‘iboti bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Xususan, Sadikova Zuxra Sotvoldiyevnaning ijodiy rahbarligida Qashqadaryo viloyati, Buxoro viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi bir qator bolalar musiqa maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa maktablarida mahorat darslari va konsert dasturlari bilan tashriflar uyushtirildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan har eng yaxshi asar ijrochisi ko‘rik-tanlovi, hisobot konsertlari tashkil etilib kelinmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari hali yosh bo‘lishlariga qaramay, oldilariga ulkan maqsadlar qo‘yib o‘z ustilarida ishlab tinimsiz izlanishlar olib bormoqdalar.

“Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi xodimlari

Sadikova Zuxra Sotvoldiyevna “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi mudiri, dotsent. Ansambl sinfi (Estrada cholg‘ulari) o‘quv qo‘llanmasi muallifi. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

Ilyasova Dilorom Daniyevna “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Magistr. 2004-2006 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

 Karimova Dilnur Shuxratdjon qizi “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi. Magistr. 2020-2022 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

Abdurazzoqova Zilola Abdufattoh qizi “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi. Magistr. 2012-2014 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

Zikriyayev Mardon Mahamatjon o‘g‘li “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi. Magistr. 2021-2023 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

Xidoyatullayeva Gulsora Zoirovna “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi. Magistr. 2020-2022 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.

Saydaxmedova Umida Muxammadamin qizi Milliy estrada san’ati instituti “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti “Bastakorlik” yo‘nalishi magistr 1-kurs talabasi va “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi.

Fattoxov Qaxxor G‘ofur o‘g‘li “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi. Magistr. 2021-2023 yy. Bakalavriat “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti talabalariga “Fortepiano” fanini olib boradi.