Kafedra haqida ma’lumot
2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov qaroriga binoan Toshkent davlat konservatoriyasi yangi zamonaviy binoga ko‘chdi va unga O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qomusi berildi. Ushbu qarorga binoan yangi konservatoriyada yangi fakultet – “Estrada san’ati” fakulteti tashkil etildi va unda uchta yangi ta’lim yo‘nalishi: “Estrada xonandaligi”, “Estrada cholg‘u ijrochiligi” hamda “Ovoz rejissyorligi” yo‘nalishlari ochildi. Shu yili “Estrada san’ati” fakulteti negizida “Musiqiy ovoz rejiissyorligi va informatika” kafedrasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Musiqiy ovoz rejissorligi” kafedrasi 2022-yildan “Estrada xonandaligi” fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Musiqiy ovoz rejissorligi kafedrasi – mamlakatimizning audio texnologiyalar va ovoz yozish sohasidagi yetakchi ta’lim platformasi hisoblanadi. U konsert va ovoz yozuv studiyalarida, shuningdek radio, televideniye va kino ishlab chiqarish sohasida ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Kafedra o‘quv dasturlari chuqur nazariy bilimlarni amaliyot va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birlashtiradi.
Musiqiy ovoz rejissorligi kafedrasining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlab O‘zbekiston televideniyesining bosh ovoz rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.S.Umarxo‘jayevning tashabbusi bilan Toshkent davlat konservatoriyasida “Musiqiy ovoz rejissorligi” yo‘nalishi bo‘yicha 1991-1992 o‘quv yilidan boshlab ta’lim ishlari yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha yillarda ustozlarimiz, ovoz rejissorlari R.S.Umarxo‘jayev, A.Tojiyev va V.N.Gushinlar o‘zbek musiqasi rivojiga ulkan hissa qo‘shish bilan birgalikda (ular magnit tasmalariga yozib olgan minglab asarlar hozirda ham O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “oltin fondi”da saqlanadi) yosh mutaxassislarni tarbiyalash ishlariga ham bosh-qosh bo‘lishgan.
Kafedraning asosiy vazifalari:
- Talabalarni zamonaviy audio uskunalar va dasturiy ta’minot bilan ishlashga o‘rgatish;
- Turliaudio muhitlarda ishlashgaqodirmutaxassislarnitayyorlash:studiya ovozyozuvlari,konsertlarniovozlashtirish,kino ishlab chiqarish; vatelevizioneshittirishlar.
- Ovozvaakustikasohasidailmiytadqiqotlar olib borish vainnovatsiyalarnijoriy etish.
Musiqiy ovoz rejissorligi kafedrasining o‘quv rejasi ko‘p qirrali tayyorgarlikni ta’minlaydigan turli fanlarni o‘z ichiga oladi:
- Ovoz rejissorligi san’ati: birinchi ovoz yozuvining kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari, analog va raqamli ovoz yozuvi, ovoz rejissorligi kasbining kelib chiqishi va uning yo‘nalishlari.
- Ovoz rejissorligi akustikasi asoslari: akustikaning barcha yo‘nalishlari – fizik, fiziologik, arxitektura, psixoakustika, elektroakustika, musiqiy akustikaga bog‘liq bo‘lgan bilimlarni o‘rganish va ularni ovoz yozuvi jarayonida to‘g‘ri qo‘llash.
- Tinglab tahlil qilish: ovoz yozuvi sifatini baholash, uning xususiyatlarini aniqlash, musiqiy va texnik tarkibni tushunish uchun audio yozuvlarni (fonogrammalarni) o‘rganish va tahlil
- Elektron va kompyuter musiqasi: professional dasturlar bilan ishlashni o‘rganish (Pro Tools, Logic Pro, Cubase va boshqalar)
- Radio, televideniye va tomosha tadbirlarini ovozlashtirish texnikasi. Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi:
- Musiqiy ovoz rejissyorligi fanini o‘qitish uslubiyoti:
- Musiqiy informatika va kompyuter grafikasi:
- Radio va televideniye ovoz rejissyorligi:
- Ovoz kuchaytirish apparaturasi va xavfsizlik texnikasi:
- Zamonaviy musiqiy audio dasturlar:
- Fizika va elektronika asoslari:
Kafedra talabalarga zamonaviy ovoz yozish studiyalari va jihozlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Ular musiqiy guruhlarni yozib olish, jonli konsertlarni ovozlashtirish kabi haqiqiy loyihalarda qatnashadilar. Hozirgi kunda “Musiqiy ovoz rejissorligi” kafedrasida zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan 3 ta ovoz yozish o‘quv studiyalari mavjud bo‘lib, ularning bittasi 2005-yilda Yaponiya hukumatining beg‘araz granti asosida qayta jihozlangan. Bundan tashqari talabalarimiz O‘zMTRKning turli ovoz yozish studiyalari hamda telekanallarida o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va ta’lim jarayoniga O‘zMTRKda faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassislar jalb etilganlligi – talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va bilimlarni amalda qo‘llash imkonini beradi.
Kafedra bitiruvchilari turli sohalarda talabga ega bo ‘ladilar:
- Ovoz yozish studiyalarivamusiqa ishlab chiqarishmarkazlari;
- Televideniye, kino va dublyaj;
- Konsertzallari,teatrlar,madaniyvata’lim
Musiqiy ovoz rejissorligi kafedrasi o‘z talabalariga nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, balki ijodiy o‘sish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini ham taklif etadi.
Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar ulardan 1 nafari professor, 2 nafari dotsent, 7 nafari katta o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv uslubiy hamda o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan.
Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualar tayyorlangan. Ijodiy ishlar sifatida esa 10 dan ortiq audio SD lar tayyorlandi.
“Musiqiy ovoz rejissorligi” kafedrasi xodimlari