Kafedra haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5261-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti tashkil etilishi munosabati bilan 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab musiqashunoslik ta’lim yo‘nalishi “Estrada xonandaligi” fakulteti tarkibida “Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Aynan estrada musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib musiqashunoslik ta’lim yo‘nalishida estrada janridagi musiqiy asarlarni vujudga kelishi, rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mazkur ta’lim yo‘nalishining asosiy fanlari hisoblangan “Jaz musiqasi tarixi”, “Jaz garmoniya”, “Jaz solfedjio”, “Jahon musiqa tarixi”, “O‘zbek musiqa tarixi”, “Musiqashunoslik asoslari”, “Polifoniya”, “Musiqiy asarlar taxlili”, “Musiqiy tanqid metodologiyasi” kabi fanlar ham kiritilgan.
2023-yilning mazkur kafedraga San’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (RhD) Hamdamova Nargiza Tursunbaevna rahbarlik qilmoqda.
Bugungi kunda kafedrada ustozlik qilayotgan professor- o‘qituvchilari – San’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd), dotsent Amanova Nodira Allaberganovna, San’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) Hamdamova Nargiza Tursunbayevna, katta o‘qituvchi Bekmuratova Gulzada Tlemuratovna, Artikbayeva Durdona Alisherovna, Mamaziyayev Xurshid A’zamjonovich “Jaz musiqasi tarixi”, “Jaz garmoniya”, “Jaz solfedjio”, “Jahon musiqa tarixi”, “O‘zbek musiqa tarixi”, “Musiqashunoslik asoslari”, “Polifoniya”, “Musiqiy asarlar tahlili”, “Musiqiy tanqid metodologiyasi” fanlaridan dars berib kelmoqdalar.
Estrada musiqasi bu kichik shakldagi kuchli mafkuraviy quroldir. U yengil ko‘rinishdagi, ommaning ongiga tez singadigan, istalgan g‘oyani targ‘ib etish qudratiga ega bo‘lgan kuchdir. Bu kuchdan milliy qadriyatlarni saqlashda, jahon shou-biznes bozorida o‘zbek musiqa san’atining o‘z qiyofasini yo‘qatmasligida, kelajak avlodninng ma’naviy, tarbiyaviy va estetik qarashlarini yo‘naltirishda unumli foydalanish zarur. Shu bois, estrada musiqasining tarixiy va nazariy jihatlarini o‘rganish, yangi shakl va tamoyillarini yaratish, istiqbollarini aniqlashda musiqashunoslik sohasi ilmiy qalqon kabi, ulkan ahamiyatga egadir.
“Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi xodimlari