MESI

Blog

  • “Tasdiq” guruhlari o’rtasida “Munozara” intellektual o‘yini

    “Tasdiq” guruhlari o’rtasida “Munozara” intellektual o‘yini

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasining 43-bandida umumiy o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalaridan tuzilgan “Inkor” va “Tasdiq” guruhlari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

  • “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi birinchi saralsh bosqichi o’tkazildi

    “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi birinchi saralsh bosqichi o’tkazildi

    Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tyutorlari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining birinchi saralsh bosqichi o‘tkazildi.

  • «O’zbek tili- qalbim tarjimoni» respublika ko’rik-tanlovi tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazildi

    «O’zbek tili- qalbim tarjimoni» respublika ko’rik-tanlovi tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazildi

    Kuni kecha oliy taʼlim muassasalari xorijiy talabalari oʻrtasida “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazildi.

    Dasturga muvofiq, tadbirni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev kirish so‘zida yig‘ilganlarni kelayotgan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, ishtirokchilarga omad tiladi.

    Tanlov ishtirokchilari final bosqichida erkin mavzuda chiqishlar bilan qatnashishdilar. Ushbu tadbirning badiiy qismida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabasi Fozilov Odil hamda Tulanova Sevara ishtirok etdilar.

  • «O’zbek tili- qalbim tarjimoni» respublika ko’rik-tanlovi

    «O’zbek tili- qalbim tarjimoni» respublika ko’rik-tanlovi

    DIQQAT E’LON!!!

    «O’zbek tili- qalbim tarjimoni» respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

    Ko’rik tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

    • 1- shart: Tanishtirish.
    • 2-shart: Esse yozish.
    • 3- shart: Erkin mavzuda badiiy chiqish.

    Tanlov g’olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

    • 1- o’rin: bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg’alari;
    • 2-o’rin: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg’alari;
    • 3-o’rin: bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg’alarini qo’lga kiritishlari mumkin.