Esonaliyev Abdulatif Abdujabborovich
“Estrada cholgʻu ijrochiligi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bоʻyicha dekan о‘rinbosari
Fakultet haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021 yildagi 5261-son qaroriga asosan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.
“Estrada cholgʻu ijrochiligi” fakulteti institutning eng muhim fakultetlaridan biri sifatida oʻz faoliyatini boshladi.
Fakultet quyidagi kafedralarni oʻz ichiga oladi:
- “Estrada cholgʻuarida ijrochilik“ kafedrasi;
- “Estrada ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi;
- “Kompozitorlik va aranjirovka” kafedrasi;
- “Orkestr dirijyorligi” kafedrasi;
- “Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi” kafedrasi.
Fakultetda 298 nafar, shundan, bakalavriat kunduzgi 284 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 14 nafar talaba tahsil olmoqda.