Kafedra haqida ma’lumot
Milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada san’atini jadal rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi. Institutda “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakultetlari o‘z faoliyatini boshladi. “Estrada xonandaligi” fakultetida “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi ham tashkil etilib, unda talabalar mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda muhim bo‘lgan (O‘zbek tili, Rus tili, Ingliz tili, Dinshunoslik, O‘ְzbekistoning eng yangi tarixi, Estetika, Falsafa, Jismoniy tarbiya, Nutq madaniyati) kabi fanlarni o‘rganadilar.
Kafedra mudiri, katta o‘qituvchi N.A.Talipova Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan «English for pop and jazz musicians»-o‘quv qo‘llanmasini nashrdan chiqardi hamda Monographiya “Technology of using songs to develop students’ speaking competence”, o‘quv uslubiy qo‘llanmalari, ko‘plab maqolalari bilan, kafedra professor-o‘qituvchilari: dotsent M.O.Dexqonova o‘quv qo‘llanmasi va o‘quv uslubiy qo‘llanmalari, o‘qituvchi G.T.Jangirova bir qator respublika va xorijiy jurnallarda, konferensiyalarda nashr etilgan maqolalari bilan institut ilmiy salohiyati o‘sishida hissa qo‘shib kelmoqdalar.
“O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2022-yil 18-fevral kuni tashkil topgan, 30.08.2023-yil Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti kengashining 1-sonli majlisida “Oʻzbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomlanishi 2023-yil 4-sentabr kunidan “Oʻzbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomiga oʻzgartirilishi haqidagi qaror barcha kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasida asosiy shtat ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi va 7 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat.
“Oʻzbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi xodimlari
Talipova Nilufar Abduvasikovna – kafedra mudiri, katta o‘qituvchi;
Dehqonova Mahmuda Ortiqovna – dotsent;
Djangirova Gulzira Taxirovna – o‘qituvchi.