Bugun 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi” qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Mangu jaranglayver faxrim, madhiyam!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 1992-yil 10-dekabr sanasida qabul qilingan Qonun to’g’risida videolavha namoyish etilib, orkestr jo’rligida O’zbekiston Davlat Madhiyasi professor- o’qituvchilar va talabalar tomonidan ijro etildi.
