2024-yil 29-noyabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san‘ati institutiga Qurmang‘azi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasidan Bulembayeva Malika Maratovna tashrif buyurdi.
Malika Bulembayevaga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Feruza Muxamedova hamrohlik qildi. Tashrif davomida Bulembayeva Malika Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Estrada cholg‘ularida ijrochilik” fakulteti talabalariga mahorat darsi o‘tkazdi.
Ushbu mahorat darsida institutning professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. Mahorat darsi talabalarga fikr almashish, yangicha qarashlar va kelgusidagi kasbiy yuksalish istiqbollari uchun tajriba maydoniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasining 43-bandida umumiy o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini 5-dekabr kuniga qadar o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasining tarix fanidan professor-o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. O.N.Toshpulatov va falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. J.B.Usmanov tomonidan talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi.
