“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar tashrif buyurishdi.
Davra suhbati boshlanishidan avval adiblar Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor F.Qurbonova hamrohligida institut binosi bilan tanishib, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, professor Avaz Mansurov bilan uchrashdilar.
Usbu loyiha doirasida ijodkorlar talaba-yoshlar bilan ham uchrashdilar. Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F.Qurbonova ochib, mehmonlarni talabalarga tanishtirib oʻtdi. Loyihaning maqsadi yoshlarni badiiy savodxonlikka, ma’naviyatga va vatanparvarlikka rag‘batlantirishdir.
Adiblar uchrashuv davomida talabalarga ijodiy faoliyatlari, Vatanparvarlik, ilm olish va kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirdilar.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent shahar Yashnaobod tumanida joylashgan 255, 282, 307, va 339-umumta’lim maktablari hamda “Vatandosh”, “Mohinur”, “Amir Temur”, “Tong”, “Iltifot”, “Al-Buxoriy”, “Do‘stobod”, “Istiqlol”, “Qalqon” va “Olmos” mahalla ahli va maktab o’qituvchi va o’quvchilari jalb qilindi.
Yashnaobod tumanining 339-oʻrta umumtaʼlim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar o‘z ijod namunalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda koʻproq oʻqib-oʻrganish lozimligi, sheʼriyatning oʻziga xos sehri va moʻjizasini his eta bilish, ijod zahmati va nazokati haqida soʻz bordi. Albatta, sheʼr haqida gapirilgan ijodiy davra sheʼrsiz boʻlmaydi. Ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalari asosida mushoira o’tkazdilar.
«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining faol talabalari Kenjayev Jaxonmirzo, Sirojiddinov Umid, Yuldashev Suxroblar go‘zal kuy-qo‘shiqlari bilan 339-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining kayfiyatiga zavq ulashdilar.
Yashnaobod tumanining 339-oʻrta umumtaʼlim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Feruza Qurbonova 339-maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga institut rektori, professor Avaz Mansurov tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasini topshirdi. Shu bilan birga Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdulla Ayizov ham bolajonlar uchun hikoyalar to‘plamini taqdim etdi.



