O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasining 43-bandida umumiy o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini 5-dekabr kuniga qadar o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasining tarix fanidan professor-o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. O.N.Toshpulatov va falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. J.B.Usmanov tomonidan talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi.
