MESI

Hamid Olimjon tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlangan anjuman doirasidagi konsert dasturi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida   xalqimiz – “Baxt va shodlik kuychisi” deb ta’rif bergan suyukli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlangan “Hamid Olimjon merosi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya doirasida konsert dasturi o‘tkazildi.

Konsert dasturiga Hamid Olimjon va Zulfiyaning farzandlari, nabiralari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ham tashrif buyurdilar.

Konsertda Hamid Olimjon qalamiga mansub she’rlar, ularga bastalangan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishi o‘quvchi, talaba-yoshlar tomonidan ijro etildi.

Hamid Olimjon o‘z ijodi bilan dillarda mangu yashaydi.