MESI

Muallif: estrada-conserva

  • “Anti- korrupsiya” bilimdoni bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi

    “Anti- korrupsiya” bilimdoni bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 11-dekabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida talabalar o’rtasida  “Anti- korrupsiya” bilimdoni bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda “Estrada cholg‘u ijrochiligi” hamda “Estrada xonandaligi” fakulteti talabalaridan tashkil topgan guruhlar qatnashib, o‘zaro bellashdilar.

  • Hamid Olimjon tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlangan anjuman doirasidagi konsert dasturi

    Hamid Olimjon tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlangan anjuman doirasidagi konsert dasturi

    Joriy yilning 12-dekabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida   xalqimiz – “Baxt va shodlik kuychisi” deb ta’rif bergan suyukli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlangan “Hamid Olimjon merosi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya doirasida konsert dasturi o‘tkazildi.

    Konsert dasturiga Hamid Olimjon va Zulfiyaning farzandlari, nabiralari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ham tashrif buyurdilar.

    Konsertda Hamid Olimjon qalamiga mansub she’rlar, ularga bastalangan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishi o‘quvchi, talaba-yoshlar tomonidan ijro etildi.

    Hamid Olimjon o‘z ijodi bilan dillarda mangu yashaydi.

  • “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv

    “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv

    “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bolib otdi

    Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar tashrif buyurishdi.

    Davra suhbati boshlanishidan avval adiblar Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor F.Qurbonova hamrohligida institut binosi bilan tanishib, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, professor Avaz Mansurov bilan uchrashdilar.

    Usbu loyiha doirasida ijodkorlar talaba-yoshlar bilan ham uchrashdilar. Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F.Qurbonova ochib, mehmonlarni talabalarga tanishtirib oʻtdi. Loyihaning maqsadi yoshlarni badiiy savodxonlikka, ma’naviyatga va vatanparvarlikka rag‘batlantirishdir.

    Adiblar uchrashuv davomida talabalarga ijodiy faoliyatlari, Vatanparvarlik, ilm olish va kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirdilar.

    “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent shahar Yashnaobod tumanida joylashgan 255, 282, 307, va 339-umumta’lim maktablari hamda “Vatandosh”, “Mohinur”, “Amir Temur”, “Tong”, “Iltifot”, “Al-Buxoriy”, “Do‘stobod”, “Istiqlol”, “Qalqon” va “Olmos” mahalla ahli va maktab o’qituvchi va o’quvchilari jalb qilindi.

    Yashnaobod tumanining 339-oʻrta umumtaʼlim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar o‘z ijod namunalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda koʻproq oʻqib-oʻrganish lozimligi, sheʼriyatning oʻziga xos sehri va moʻjizasini his eta bilish, ijod zahmati va nazokati haqida soʻz bordi. Albatta, sheʼr haqida gapirilgan ijodiy davra sheʼrsiz boʻlmaydi. Ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalari asosida mushoira o’tkazdilar.

    «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining faol talabalari Kenjayev Jaxonmirzo, Sirojiddinov Umid, Yuldashev Suxroblar go‘zal kuy-qo‘shiqlari bilan 339-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining kayfiyatiga zavq ulashdilar.

    Yashnaobod tumanining 339-oʻrta umumtaʼlim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Feruza Qurbonova 339-maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga institut rektori, professor Avaz Mansurov tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasini topshirdi. Shu bilan birga Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdulla Ayizov ham bolajonlar uchun hikoyalar to‘plamini taqdim etdi.

  • “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi

    “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi

    Joriy yilning 11 -dekabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi pedagogi Gulzira Djangirova ingliz tili fanidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

    Ochiq dars davomida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining prorektorlari F.Qurbonova, F.Muxamedova, A.Mirzayev, kafedra mudiri N.Tolipova va kasaba uyushmasi raisi B.Fozilovlar ishtirok etdilar.

  • O‘zbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi” qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi” qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

    Bugun 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi” qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Mangu jaranglayver faxrim, madhiyam!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 1992-yil 10-dekabr sanasida qabul qilingan Qonun to’g’risida videolavha namoyish etilib, orkestr jo’rligida O’zbekiston Davlat Madhiyasi professor- o’qituvchilar va talabalar tomonidan ijro etildi.

  • “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi

    “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasining 43-bandida umumiy o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini 5-dekabr kuniga qadar o‘tkazish vazifasi belgilangan.

    Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasining tarix fanidan professor-o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. O.N.Toshpulatov va falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. J.B.Usmanov tomonidan talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan konsert

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan konsert

    8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab uyushtirilayotgan madaniy tadbir va konsert munosabati bilan O‘zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini 6-dekabr kuni MESI katta zalida kutib qolamiz.

  • Qozog‘iston Milliy konservatoriyasi pianisti M.M.Bulembayevadan mahorat darsi

    Qozog‘iston Milliy konservatoriyasi pianisti M.M.Bulembayevadan mahorat darsi

    2024-yil 29-noyabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san‘ati institutiga Qurmang‘azi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasidan Bulembayeva Malika Maratovna tashrif buyurdi.

    Malika Bulembayevaga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Feruza Muxamedova hamrohlik qildi. Tashrif davomida Bulembayeva Malika Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati  institutining “Estrada cholg‘ularida ijrochilik” fakulteti talabalariga mahorat darsi o‘tkazdi.

    Ushbu mahorat darsida institutning professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. Mahorat darsi talabalarga fikr almashish, yangicha qarashlar va kelgusidagi kasbiy yuksalish istiqbollari uchun tajriba maydoniga aylandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasining 43-bandida umumiy o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini 5-dekabr kuniga qadar o‘tkazish vazifasi belgilangan.

    Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasining tarix fanidan professor-o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. O.N.Toshpulatov va falsafa doktori (PhD) dotsent v.b. J.B.Usmanov tomonidan talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzusida darslar tashkil etildi.

  • “Sog‘lom oilada- sog‘lom turmush tarzi” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi

    “Sog‘lom oilada- sog‘lom turmush tarzi” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi

    Joriy yilning 27-noyabr kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida “Sog‘lom oilada- sog‘lom turmush tarzi” mavzusida talaba qizlar o‘rtasida sportning “Stol tennesi” va “Shaxmat” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.  Musobaqa qizg’in ruhda o‘tdi. Jamoalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  • “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

    “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.

    Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.

    Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

    Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi. 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

    Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi 6-dekabr kuni soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali elon qilinadi.